Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish Bosh boshqarmasi
Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va topshiriqlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining buyruq va topshiriqlari asosida ish olib boradi.
Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining barcha tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish boshqarmasi jamoat tashkilotlari va aholi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib ularga metodik yordam beradi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi inspektorlarning ishlarini birgalikda tashkil qiladi va amaliy yordam beradi.