Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va ularning sifatini yanada yaxshilash masalalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markazlari va Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali Qo‘mita tomonidan quyidagi xizmatlar elekton tarzda amalga oshiriladi (arizalarni ko‘rib chiqish muddati):
1. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning respublika hududiga olib kirish, olib chiqishga xulosa/ruxsatnoma (7 ish kuni).
2. Yovvoyi xayvonlar, ularning kismlari, yashash faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib chiqish va olib kirishga ruxsatnoma (15 ish kuni).
3. Yovvoyi xayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kollektsiyalarini xisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma.
4. Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma (15 ish kuni).
5. Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma (15 ish kuni).
6. O‘simlik dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma (5 ish kuni).
7. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olishga xulosa (5 ish kuni).
8. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus ist’emol qilish uchun ruxsatnoma (5 ish kuni).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 23 apreldagi PQ-4297-son qaroriga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “Davekosertifikat” DUK tomonidan beriladigan 2 ta xizmat kiritilgan. Bular:
1. O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan «M2», «M3» va «N2» toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini «Evro-2» ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikat (5 ish kuni).
2. Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqishga ekologik sertifikat (5 ish kuni).
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi PQ-4297-son qarorida ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish belgilangan.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son Farmon bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha idoraviy axobrot tizimi ishlab chiqish va uni davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish belgilangan.
Mazkur yo‘nalishda idoraviy axborot tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi.
Ushbu axborot tizim bilan Qo‘mita tomonidan beriladigan barcha ruxsat etuvchi hujjatlar elektron bazasini shakillantirish, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash imkonini beradigan alohida xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimlari joriy etiladi.
Yaratilgan axborot tizim orqali tadbirkorlik sub’ektlarida arizalar qabul qilinganligi va ko‘rib chiqish jaryonini kuzatish imkoni paydo bo‘ladi va bu haqida ularning mobil telefonlariga sms xabarnoma yuboriladi.
Hozirgi kunda ushbu idoraviy axborot tizimini Yagona iteraktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) hamda «Yagona darcha» bojxona axborot tizimiga integratsiya qilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.