19фев

Reyd

Xorazmda noqonuniy yovvoyi qushlarni ovlagan ovchi tabiatga 1 millon 360 ming so'm zarar yetkazdi

Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan ekologik reyd tadbirlari davomida Bog'ot tumanida yashovchi fuqarolar B.N va M.S lar ov qilish ruxsatnomasi bo'lmay turib, Tuproqqal'a tumani hududida noqonuniy ravishda taqiqlangan muddatda 1 ta g'oz hamda 2 ta churak yovvoyi qushlarini ovlab, tabiatga 1 million 360 ming so'm zarar yetgazilganlik holati aniqlandi.

Bu harakatlari bilan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi 627-sonli “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzganligi uchun tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to'plangan xujjatlar O'zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi tartibida ko'rib chiqish uchun sud organlariga tayyorlanmoqda.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati