14фев

Xorazmda 31 tup daraxt nobud qilingan yana bir fermer tabiatga 199 millon 240 ming so'm zarar yetkazdi

#Reyd

Xorazmda 31 tup daraxt nobud qilingan yana bir fermer tabiatga 199 millon 240 ming so'm zarar yetkazdi

Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida Qo‘shko‘pir tumani  “Paxtakor” mahallasida joylashgan “Q.t” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonlarida tabiiy holda o‘sib turgan, biologik sog‘lom 31 tup, to‘rong‘il va jiyda daraxtlari noqonuniy ravishda qo‘porib olinib, nobud qilinganligi aniqlandi. 

Buning natijasida tabiatga, ko'p miqdorda ya'ni 199 millon 240 ming so'm zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan, viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi  jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo'lganligi uchun Q.T. fermer xo'jaliki rahbari X.Q ga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi. 

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati