Xorazm viloyatida qo'shma ekologik reyd bo'lib o'tmoqda
Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hаmkorlikda viloyatda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nazorat tadbirlarini o'tkazish davomida e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan qator masalalar tushuntirilib, PF-81-son Farmoni hamda PQ-171-son qarorlari mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, joylarda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga vazifalar belgilandi.
Shundan so'ng mas'ullar guruhlarga bo'lingan holda joylarda nazorat tadbirlarini olib borish uchun yo'l olib, shahar va tumanlarning qator mahallalarida nazorat tadbirlarini o'tkazishga kirishildi.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati