12фев

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ekologiya yana bir ishni o'rganishini so'raymiz" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Urganch shahar bo'limi tomonidan tezkor o'rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o'rganish davomida video murojaatda ko'rsatilgan daraxt, Urganch shahar "Nurli hayot" mahallasi Fayazov ko'chasi 29/26 uy oldida 4 yil aval tabiiy omillar (shamol) tasirida biologik o'sishdan to'xtagan va ildiz qismi bilan qoporilgan daraxtligi aniqlandi.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati