11фев

Bog'ot, Hazorasp hamda Tuproqqal'a tumanlarida atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha 1 va 2-toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarining ahvoli o'rganildi.

O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining  PF-81-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari Bog'ot, Hazorasp hamda Tuproqqal'a tumanlarida atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha 1 va 2-toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarining ahvoli o'rganildi.

Farmonning 9-bandiga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafikka asosan 2024-yil yakuniga qadar 1-toifaga, 2025-yil yakuniga qadar  2-toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga atmosfera havosiga ustuvor turg‘un ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini, yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish, sanitar himoya zonalarini avtomat statsionar kuzatuv postlari bilan jihozlash majburyatlari kiritilgan.