Xorazmda avtomobillarni yuvush shahobchalarida oʼrganish ishlari olib borilmoqda
Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tuman va shahar bo'limi davlat inspektorlari tamonidan viloyatda joylashgan avtomobillarni yuvish shahobchalarida oʼrganish ishlari olib borilmoqda.
Oʼrganish davomida shahobchalarda "Suv, va suvdan foydalanish to'g'risida"gi qonun talablari bajarilishi va Davlat Ekologik meʼyoriy xujjatlar va suvdan maxsus foydalanganlik uchun ruxsatnomalar mavjudligi hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari oʼrganilib, shu bilan birga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan avtomobillarni yuvish shahobchalari rahbarlariga ko'rsatma xatlari berildi.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati