07фев

Seminar

Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat tavar xom-ashyo birjasi vakillari, viloyat hududidagi ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlovchi, ikkilamchi mahsulotlarni qabul qilish shahobchasi rahbarlari ishtirokida, viloyat hududida hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilarni tarkibidan ajratib olinadigan mahsulotlarni birja savdolarida ishtirok etish tartibini kiritilishi yuzasidan seminar o'tkazildi.

Ma'lumot o'rnida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularni ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni 6-bandiga asosan 2024-yil
1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Seminar davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati