Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023 yil davomida murojaatlar statistikasi
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023 yil davomida 427 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 52 ta yozma va “ishonch telefoni” 12 ta og‘zaki murojaatlar hamda 363 ta Prezident virtual qabulxonasi, Viloyat Xalq qabul xonasi va Ekologiya vazirligi portali orqali kelib tushgan murojaatlarni tashkil qiladi.
Murojatlarning 10 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun 25-moddasiga muvofiq tegishliligi bo‘yicha o‘tkazildi.
Boshqarma tomonidan 382 ta murojaat qanoatlantirilgan bo'lsa, 10 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan hamda 26 tasiga tushuntirish ishlari olib borildi. 2023-yil yakuni bo'yicha 9 ta murojaat jarayonda.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati