Reyd
Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Tuproqqal'a tuman bo'limi hamkorlikda o'tkazilgan ekologik reyd tadbirlari davomida tumanning "Tuproqqal'a maskani" mahallasida yashovchi fuqaro D.D ov qilish ruxsatnomasi bo'lmay turib, taqiqlangan muddatda ov qilish maqsadida yurganlik holati aniqlandi.
Bu harakatlari bilan fuqaro D.D. O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunining 21-moddasi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi qonunining 32-moddasi talablarini buzganligi uchun tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to'plangan xujjatlar O'zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi tartibida ko'rib chiqish uchun Tuproqqal'a tuman sudiga yuborildi.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati