04фев

Xorazmda 81 tup daraxt kesgan fermer xo'jaligi rahbariga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Huquqni muhofaza qilish organlari  hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida qimmatli va kam qimmatli daraxtlarni kesilishi hamda shikastlantirilishi bilan bogʻliq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

⚡️ Xususan, Xorazm viloyati, Gurlan tumanida joylashgan "X.O." fermer xoʻjaligi rahbari N.X. tomonidan 81 tup tabiiy holda oʻsuvchi, biologik sogʻlom turongʻil daraxtlari noqonuniy kesilganligi aniqlanib, tabiyatga 618,1 mln. soʻmlik zarar etkazilgan.
  
🔹Mazkur holat yuzasidan "X.O." fermer xoʻjaligi rahbari N.X ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar!

⚡️Kundalik faoliyatingiz davomida mevali va manzarali daraxtlarga extiyotkorona munosabatda boʻling. 

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati