20янв

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bog'ot tumani Oq tepa mahallasidagi to'yxona va klinikalar chiqindilarni zaxkashga tashlayabdi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Bog'ot tuman bo'limi tomonidan joyiga chiqib o'rganildi.

Mazkur o'rganish jarayonida zaxkashga hech qaday oqava chiqindilari chiqarilmagani aniqlanib, shu bilan birga zaxkash atrofida to'planib qolgan chiqindilar maxsus texnika hamda ishchi xodimlar tomonidan bartaraf etilganini ma'lum qilamiz.

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati