Rasmiy munosabat
Ommaviy axborot vositalarida Hazorasp tumanida "Mahalla chiqindixonaga aylanmoqda” sarlavhasi ostida video ko‘rsatuv nomoyish etildi.
♻️ Holatlar yuzasidan tumaning “Zehnli” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarda o'rganish ishlari olib borilib, oqova suv tarmoqlarini qurish ishalari R.T xususiy firmasi tomonidan olib borilgan bo‘lib, qurilish ishlari bitkazilgan lekin suv ta’minoti korxonalariga topshirilmagan, ushbu ko‘p qavatli turar joylardan hosil bo‘lgan mayishiy oqova suvlarni suv tozalash inshootiga xaydash ishlari o‘z vaqtida olib borilmaganligi natijasida tarmoqlarda nosozlikalar kelib chiqib, atrof-muhitga chiqib yerlarni ifloslantirganlik holati aniqlandi.
👮♀ Mazkur holat yuzasidan xususiy firma rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 65-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Hazorasp tuman sudiga yuborildi.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati