Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqa tumanida belgilanmaga joylarga chiqindi tashlash qonun buzilishiga olib keladi bunga Ekologiya nima der ekan" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Xonqa tuman inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.
O'rganish davomida tumanning Namuna qishlog'i "Turkiston" mahallasida yashovchi fuqaro S.G' tomonidan "Ilg'or" mahallasi hududidagi davlat zaxira yerlariga o'ziga tegishli zil yuk mashinasida chiqindini belgilanmagan joyga tashlayotganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro S.G' ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari ya'ni 1 million 700 ming soʼm miqdorida jarima qoʼllandi.
Shu bilan birga fuqaro o'zi tashlagan chiqindilarini o'zi bartaraf etib, markaziy chiqindi poligoniga olib chiqib ketilishi ta'minlandi.
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati