Korrupsiya iqtisodiyot rivojining kushandasi
Xorazm viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi boshqarmasida viloyat prokuraturasi hamda Urganch “RАNCh” texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusida oʼquv seminari oʼtkazildi.
Mazkur oʼquv seminarida boshqarmaning barcha soha shoʼbalari, shahar va tuman inspeksiya xodimlari qatnashdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bugunning dolzarb masalasi ekanligi, korrupsiya holatlari sodir qilinganda qonunchilikda belgilangan javobgarliklar hamda ushbu sohaga oid qonunchilik hujjatlari toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib oʼtildi.
Seminar ishtirokchilariga ekologiya sohasida korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash hamda noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish yuzasidan zarur tushunchalar berildi.