29ноя

"Prokuror bog'i"

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida  Xorazm viloyatiga joriy yilning kuz mavsumida 6 million 178 ming 200 tup  manzarali, mevali daraxt hamda buta ko'chatlarini ekish reja qilib olingan bo'lib,  bu borada viloyatimiz bo'ylab bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan Hazorasp tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 614 ming 970 tup mevali hamda manzarali daraxt kochatlari ekilishi reja qilib olingan bo'lib,  bugunki gunga qadar 621 ming 740 tup ko'chat ekilib rejani 101,10% bajarilishi ta'minlandi. 

Bugun ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tumanning "Beshta"  mahallasida ham tashlandiq holatdagi 6 gektar yer tanlab olinib tuman hokimligi, tuman prokuraturasi tashabbusi bilan "Prokuror bog'i"  barpo etildi. 

Mazkur bog'ga iqlim sharoita mos 6 ming tupdan ortiq ko'chatlar ekilib,  mazkur ko'chatlarga masullar biriktirildi.