28ноя

SUV – TEKIN EMAS!

Suvning inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirishga hojat yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, suv – hayot. Shunday ekan, bu bebaho ne’matdan to‘g‘ri foydalanib, uni isrof qilmaslik har bir fuqaroning burchidir.

⚡️Urganch davlat universitetida “Suv–tekin emas” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda suvning inson hayotidagi ahamiyati, suvni isrof qilmaslik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, Xorazm viloyatida suv muammolari bo‘yicha olib borilayotgan dolzarb islohotlar, suvni tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, viloyat irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish va ularning samaradorligi, ularni joriy qilish tartibi hamda davlat tomonidan  uni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. 

Tadbirdan so‘ng Urganch davlat universiteti hududiga manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Ularga universitetning ekovolontyor talabalari hamrohlik qildi.