Xorazm viloyatida endi kesish navbati Qabristondagi daraxtlargami?
Xabar berganimizdek (https://t.me/ecoxorazm/10449), ijtimoiy tarmoqlarda "Xorazm viloyatida endi kesish navbati Qabristondagi daraxtlargami?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat prokuroturasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Shovot tumani inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganishda Shovot tumani "Guliston" mahallasida yashovchi fuqaro U.K tomonidan kesilgan daraxt tegishli tashkilotlar bilan birgalida daraxtni namligini o'lchovchi jihoz orqali tekshirilganda qurib qolganlik holati aniqlandi.
Biroq fuqaro U.K Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 86-sonli qaror talabi bo'yicha tegishli tartibda ruxsat olmasdan qurib qolgan daraxtni kesganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining 5 barabar ya'ni 1 million 650 ming so'm jarimaga belgilanganini ma'lum qilamiz.