14ноя
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qo‘shko‘pir tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.
Tumanda bu bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yoshlar bog‘i” tashkil etilib, bog‘ga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
🌴Darhaqiqat, ushbu o‘tqazilayotgan navlar kelgusida tabiatimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshib, atrof-muhitni yanada koʻkalamzorlashtirsa ajab emas.
Bu esa insonlarga nafaqat yaxshi kayfiyat ulashadi, balki salomatlik uchun ham juda foydali soʻlim maskanga aylanadi.