21окт
Jarayon
Ayni kunlarda Xorazm viloyati IIB, Milliy gvardiya hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlaridan iborat 6 ta guruh tomonidan viloyatimiz hududida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash, shuningdek ushbu huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.