18окт
Bog'ot tumanida taqiqlangan hududda ov qilgan ovchining ov quroli davlat foydasiga musodara qilind
Xorazm viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Bog'ot tuman inspeksiyasi hamda Chegara qo'shinlar bilan hamkorlikda o'tkazilgan navbatdagi qo'shma ekologik nazorat tadbirlari davomida "Navbahor" mahallasida yahovchi fuqaro R.D tomonidan taqiqlangan hududda ov qilganlik holati aniqlandi.
⚡️ Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to'plangan hujjatlar Bog'ot tuman jinoiy sudiga taqdim qilindi.
⚖️ Bog'ot tuman jinoiy sudi tomonidan mazkur holat ko'rib chiqilib, fuqaro R.Dning ov quroli davlat foydasiga musodara qilindi.