Yashil makon
Respublikamizda joriy yilning 25-oktyabridan 1-dekabrigacha “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 85 million tup koʼchat ekish rejalashtirilgan. Jumladan, dala chetlariga 20 million tup terak, tut va uzum koʼchatlari oʼtqaziladi.
Xonqa tumanida fermer xoʼjaliklari rahbarlari ishtirokida oʼtkazilgan koʼrgazmali seminarda dala chetlaridagi yerlardan samarali foydalanish, jumladan, mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini ekish boʼyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminarda viloyat hokimi Joʼrabek Raximov ishtirok etib, fermer xoʼjaliklarida ekish uchun koʼchat tanlashda har bir hududning tuproq sharoitidan kelib chiqish, sugʼorish va parvarishlash ishlarini tizimli tashkil etish, amalga oshirilayotgan bu ezgu ishning atrof-muhit tozaligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida toʼxtaldi.