09окт

Xorazmda 5 tup daraxtni shikaslaganlar javobgarlikka tortildi

Xorazm viloyati Urganch shahrida o'tkazilgan ekologik reyd davomida "Islom Karimov" ko'chasida joylashgan Ma'mun Universiteti Nodavlat ta'lim muassasasi filialida qurilish ishlari olib borish jarayonida 5 tup daraxtni shikaslantirilganlik holati viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi Urganch shahar inspeksiya tomonidan aniqlandi.

Holat yuzasidan filialda qurish ishlariga mas'ul xodim T.A ga nisbatan  Oʼzbekiston Respublikasi  MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobari miqdorida jarima hamda 8 million 250 ming so'm miqdorida tabiatga yetgazilgan zarar hisoblandi.

Shu bilan birga davlat inspektorlari tomonida filial hududidagi barcha daraxtlar xatlovdan o'tkazilib, mazkur daraxtlarni noqonuniy kesilishini oldini olish hamda sug'orish ishlarini muntazam olib borish to'g'risida ogohlantirish xati berildi.