22сен

Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi Xiva tuman inspeksiyasi tomonidan oʼtkazilgan hamkorlikdagi ekologik nazorat tadbiri

Xorazm viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya boshqarmasi Xiva tuman inspeksiyasi tomonidan oʼtkazilgan hamkorlikdagi ekologik nazorat tadbirlari davomida fuqaro А.I tomonidan tumanning "Аl-xorazmiy" mahallasi muhofaza hududidan oqib oʼtuvchi ichki zaxkash suvini muhofaza qilish hududidan tuproq qazib olganlik holati aniqlandi.    
     
Holat yuzasidan fuqaro А.I ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi  MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima jazosi qoʼllanildi. 

Viloyat bo'ylab nazorat tadbirlari davom etmoqda