05июл
G'alladan bo'shagan maydonni yoqib yuborgan fuqaroga 1 mln 650 ming so'm jarima qo'llandi
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda Milliy Gvardiya xodimlari bilan birgalikda o'tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida Xonqa tumanida yashovchi fuqaro Q.S tomonidan g'alladan bo'shagan maydonda somon poyalarini yoqib yuborganlik holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.S ga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari yani 1 mln 650 ming so'm jarima qo'llandi.
Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida viloyatimiz bo'ylab profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.