05июн

Tabiat resurslari vazirligi tomonidan murojaat va takliflar uchun bot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Tabiat resurslari vazirligi tomonidan murojaat va takliflar uchun bot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin. 
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz. 

Telegram bot orqali murojaat yuborish tartibi quyidagicha:

— Ism-familiyangizni kiritasiz;
— Telefon raqamingizni kiritasiz;
— Hududni tanlaysiz;
— Qoidabuzarliklar turini tanlaysiz;
— Huquqbuzarlik sodir etilgan manzilni kiritasiz;
— Huquqbuzarlik tavsifini (surat yoki matn) belgilaysiz.

Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi.