30май

Murojaat o'rganildi

Xorazm viloyati Shovot tuman Tibbiyot birlashmasi hududidagi xar xil kattalikdagi 279 tup daraxtlar Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Shovot tuman bo'limi davlat inspektorlari tomonidan xatlovga olinib, reyestrga kiritildi

Shovot tumani Zamondosh mahallasida yashovchi fuqaro A.K.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali Shovot tuman Tibbiyot Birlashmasiga qarashli poliklinika va yuqumli kasalliklar bo'limi atrofidagi turli daraxtlar bor. Poliklinika va yuqumli kasalliklar bo'limi hududidagi barcha daraxtlarni kesib tashlanishini oldini olish maqsadida amaliy yordam so'rab qilgan murojaati yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari Shovot tuman Tibbiyot Birlashmasipoliklinikaga qarashli polklinika va yuqumli kasalliklar bo'limi hududidagi 279 tup daraxtlar xatlov qilinib, reyestrga kiritildi va Shovot tuman Tibbiyot Birlashmasi boshlig'iga hududdagi daraxtlar zararkunanda hashoratlar ta'sirida qurib qolishi va fuqarolar tamonidan noqonuniy kesib ketilishi kabi holatlarni oldini olish va atrof-muhitga salbiy ta'sir yetkazmaslik va qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'ymasligi haqida ogohlantirildi.