09май

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ichanqal'a" ichida va tashqarisida bironta chiqindi qutisi yo'q degan mazmunda tarqalgan xabar yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida "Ichanqal'a" avtoturargohi hududida maishiy chiqindi qutilari yetarli darajada o'rnatilmaganligi aniqlandi.

Kamchilikni bartaraf qilish bo'yicha Xiva shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga hamda Xorazm viloyat Madaniy meros boshqarmasiga yozma ko'rsatma berildi.

Shuningdek Xiva shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Ichanqal'a" avtoturargohi hududiga 20 ta maishiy chiqindi qutilari o'rnatilishi ta'minlandi va hudud chiqindilardan tozalandi.

Ma'lumot o'rnida "Ichanqal'a" mahallasidagi 385 ta xonadon oldiga 225 ta maishiy chiqindi qutilari o'rnatilgan bo'lib, mahallaga  "EKO KLASTER" MChJ tomonidan sanitar tozalash xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda.