15апр
15-aprel – har yili dunyoning ko'plab mamlakatlarida nishonlanuvchi Xalqaro ekologik bilimlar kuni.
Bu kundan maqsad ekologik bilimlarni targ'ib qilish, ekomadaniyatni shakllantirish, shuningdek, aholini dolzarb ekologik muammolar va atrof-muhit holati to'g'risida xabardor qilishdir.
Sayyoramizning kelajagi yosh avlodning ekologik madaniyatiga bog‘liq ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Global ekologik muammolarni faqat global va milliy miqyosdagi birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan hal qilishimiz mumkin. Qolaversa, har bir inson o’zi yashaydigan joyning ekologiyasi uchun mas'ul bo‘lishi kerak.
O'zingizni va tabiatni asrab-avaylang!