13апр

O‘z biznesini yaratayotgan ayollar uchun bepul amaliy ta’lim dasturi ishga tushirilmoqda

🌱O‘z biznesini yaratayotgan ayollar uchun bepul amaliy ta’lim dasturi ishga tushirilmoqda

O‘zbekiston Moliyaviy texnologiyalar assotsiatsiyasi WE (Women Entrepreneurs) FinTech bepul amaliy ta’lim dasturini ishga tushirmoqda. 

Loyiha USAID tashkilotining tadbirkorlik va biznes-muhitni rivojlantirish bo‘yicha loyihasi ko‘magida qilinmoqda. U O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda 2023-yil 1-maydan 1-sentabrgacha o‘tkaziladi.  

Bepul ta’lim dasturi elektron tijorat, yangi sotish kanallari yordamida KO‘Bni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy ta’limni taklif qiladi. Assotsiatsiya ekspertlari va hamkorlari tadbirkorlar va o‘z biznesini ochishni rejalashtirayotgan ayollarni savdo maydonlaridan o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun foydalanishni o‘rgatishga yordam beradi.