31мар
Chiqindilardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
Tabiat resurslari vaziri A.Abduhakimov Yaponiyaning “ITOCHU” kompaniyasi O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Shotaro Nakayama bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
💬 Xususan, tomonlar chiqindilarni qayta ishlash va tashish, chiqindilarni energiyaga aylantirish yo'nalishlarida qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarida fikr almashishdi.
💬 Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan kelgusida qo‘shimcha muzokaralar va uchrashuvlar tashkil etishga kelishishdi.