31мар

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasi boʼlib oʼtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda.

Sessiyada tashkiliy masala koʼrib chiqildi. Prezident Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Joʼrabek Rahimovich nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod viloyatda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sanoatni rivojlantirish, energetika quvvatlarini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash boʼyicha rejalarini taqdimot qildi.

Soʼng Xorazm viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʼyildi. Ovozga qoʼyish natijalariga koʼra, Joʼrabek Rahimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi. 

Аyni paytda sessiyada viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinmoqda, kelgusi reja va vazifalar belgilab olinmoqda.