29мар

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda "Xonqa dehqon bozori" MChJning sanitariya holati tanqid qilingani aks etgan xabar yuzasidan

👮‍♂️Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xonqa tuman bo'limi hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi bilan birga Xonqa dexqon bozorida o'rganish ishlari olib borildi.

♻️ O'rganish davomida, bozor hududidagi baliq mahsulotlarini sotishga mo'ljallangan qismda baliqlarni saqlashda foydalanilayotgan suvlarni belgilanmagan joyga tashlanayotganlik holati o'z tasdig'ini topdi.

🔹Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.Yga nisbatan MJtKning 65-moddasi 4-qismiga asosan, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya'ni 3 mln so'm jarimaga tortildi.