25мар

Yangilanayotgan Konstitutsiya mohiyatiga bagʻishlandi

 Tabiat resurslari vazirligida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun va mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

📝 Unda vazirlik markaziy apparati, shuningdek, vazirlik huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi va Gidrometeorologiya agentliklari, hududiy boshqarmalar, vazirlik tizimidagi idora va tashkilot masʼullari hamda xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.