25мар
Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani Sovunchi mahallasi hududida ichki zovurda chiqindilar to'planib suv oqimi yomonlashgani aks etgan video murojaat tarqaldi
Ushbu holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tumani bo'limi tomonidan "Sovunchi" mahallasi hududidagi ichki zovur holatini joyiga chiqib o'rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida Gurlan kollektoriga quyuvchi GD-26 ichki zovurining PK 1+10 da qurilgan quvurli o’tish joyining kirish va o’tish joyi turli xil chiqindilar bilan to’lib qolganligi natijasida zovurdagi suv sathi ko’tarilib, yon qirg’oqlarning o’pirilganligi va zax suvlarning to’planib qolganligi aniqlandi.
🚜Holat yuzasidan ichki zovur maxsus texnikalar yordamida tozalandi va suv oqimi yaxshilandi.
👮♂️ Shuningdek "Sovunchi" mahallasi fuqarolariga maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlamaslik yuzasidan targ'ibot ishlari ham olib borildi.