Tabiat resurslari vazirligi mutaxassisilaridan iborat ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida amaliy seminar o'tkazildi
Davlat rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali tashkil etish maqsadida 2023-yil bahor mavsumida koʼchat ekish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
🇺🇿 Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 628-son farmoyishiga muvofiq joriy yil bahor mavsumida daraxt ko‘chatlarini ekilishi hamda “Yashil makon” elektron platforma fаoliyatini tizimli tashkil etish vazifalari belgilangan.
🗺 Shuningdek, ekiladigan ko'chatlar xisobi, monitoringi va nazoratini yuritishda platforma tizimidan foydalanishning samarali yo'lga qo'yish maqsadida Tabiat resurslari vazirligi mutaxassisilaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatida amaliy seminar o'tkazildi.
👮♀️ Seminarda Tabiat resusrlari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari qatnashdi.