07мар
2023-yilning 11-mart kuni Umumxalq xayriya hashar o'tkaziladi.
Hukumat farmoyishiga (91-F, 04.03.2023 y.) asosan Navroʼz umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik koʼrish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida 2023 yil 11 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʼtkaziladi.