07мар
Xorazm viloyati Shovot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi
🟢 Shovot tumanini yashil makonga aylantirish, daraxtzorlar va bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanning har bir hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.
🌱 Bugun tumanning “Oltinqal’a” fermer xo‘jaligida loyiha doirasida seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman hokimi, sektor rahbarlari, soha vakillari, hudud rahbarlari, qishloq xo‘jaligi xodimlari hamda fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishib, o‘tkazilgan seminar yakunida fermer xo‘jaligining yer maydonlariga manzarali daraxt ko'chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi