02мар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorda bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda Navro‘z ayyomiga xos yangilanish va bunyodkorlik ruhini, ona zaminga mehr va e’tibor, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ifoda etadigan, kishilarni bugungi tinch va farovon hayotni qadrlab, atrof-muhit hamda uning ne’matlarini asrab-avaylashga, ezgu orzu-maqsadlar bilan yashashga undaydigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.