01мар

Bugun Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi.

💬 Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi, Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida tadbir tashkil etildi.

💬 Tadbirda Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov ham ishtirok etib, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hozirda keng quloch yozib, umummilliy harakatga aylanganini taʼkidladi.