24фев
Urganch tumanida uzoq yillik tut daraxti davlat muhofazasiga olindi
👨✈️ Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tumani bo'limi davlat inspektorlari tomonidan tumanning Chakkasholikor qishlog'i «Yangiobod» mahallasi hududida, taxminan 160 yoshlik tut daraxti borligi aniqlandi.
Urganch tuman hokimining 2023 yil 24 fevraldagi 58-12-173-Q/23-sonli qaroriga asosan, shu kundan boshlab qadimiy tut daraxtiga «Tabiat yodgorligi» maqomi berildi.
Hozirda qadimiy daraxt Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tumani bo'limi davlat inspektorlari tomonidan panjaralar bilan o'ralib maxsus banner o'rnatildi.
🪓 Eslatib oʼtamiz, ushbu maqomdagi daraxtlarni shikaslantirish yoki kesish qonun bilan qatʼiyan taqiqlanadi.