Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo'shko'pir tumanida daraxtlarni kesilyotgani aks etgan video tasvir yuzasidan Tabiat resurslar vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Qoʼshkoʼpir tuman boʼlimi davlat inspektorlari tomonidan oʼrganish ishlari oʼtkazildi.
Oʼrganish davomida murojaatda koʼrsatilgan hudud Qoʼshkoʼpir tumani “Oshoq qalʼa” mahallasida joylashgan “D.M.Ch” fermer xoʼjaligiga tegishli boʼlib, fermer xoʼjaligi raxbari tomonidan bahorgi ekish mavsumi oldidan ariq va zovurlarni tozalash hamda dala chetlaridagi daraxtlarning qurib qolgan shox-shabbalarini kesib, shakl berilganligi aniqlandi.
Shuningdek, hududda biologik sogʼlom daraxtlarni kesish yoki ularga shikast yetkazish holatlari aniqlanmadi. Oʼrganish yakunlari boʼyicha fermer xoʼjalik rahbari M.D ga biriktirilgan hududda daraxtlarni noqonuniy kesilishiga yoʼl qoʼymaslik, ularning qurib qolishini oldini olishda zarur agrotexnik tadbirlarni olib borish boʼyicha topshiriq berildi.