Rasmiy munosabat
Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tut daraxtlarining noqonuniy qoʼporilganligi yuzasidan tarqalgan habar yuzasidan oʼrganish ishlari olib borildi.
Oʼrganish natijalariga koʼra “XORAZM EVRO OIL” xususiy korxonasi tomonidan ijaraga olingan yer maydonidagi tut daraxtlari tegishli idoralar ruxsatisiz noqonuniy qoʼporilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan toʼplangan hujjatlar qonuniy chora koʼrish uchun jinoyat ishlari boʼyicha Xiva tuman sudiga taqdim qilish uchun tayyorlanmoqda.
Noqonuniy qoʼporilgan tut daraxtlarini qayta oʼz oʼrniga ekish choralari koʼrilib, daraxtlarni qurib qolmasligi boʼyicha zarur agrotexnik tadbirlarni olib borish va qurib qolgan taqdirda tabiatga yetkazilgan zarar uchun daʼvo belgilanishi toʼgʼrisida korxona raxbari ogoxlantirilib, kafolat xati olindi.