17фев
Xorazm viloyatida "Ov qilish va ovchilik xoʼjaligi toʼgʼrisida"gi qonun talablarini buzgan Ovchi jarimaga tortildi
Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati bo'limi davlat inspektorlari, viloyat Bojxona tezkor hodimlari hamda Milliy gvardiya bilan xamkorlikda oʼtkazilgan nazorat tadbirlari davomida Xiva tumanida yashovchi fuqaro S.J oʼziga tegishli ov quroli bilan ovchilik yoʼllanmasini tegishli ustunini toʼldirmasdan Xiva tuman hududida ov qilish maqsadida yurganligi aniqlandi.
🔷 Ushbu holat boʼyicha fuqaro S.Jga Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib bazaviy hisoblash miqdorining oʼn barobari yaʼni 3.000.000 soʼm jarima belgilandi.