13фев
Urganch tumanida tut daraxtlari kesib tashlanmoqda mazmunida tarqalgan habar yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumanida tut daraxtlari kesib tashlanmoqda mazmunida tarqalgan habar yuzasidan Xorazm viloyati Urganch tumani "O'rtado'rmon" mahallasi hududida o'rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o'rganish davomida video lavhada ko'rsatilgan holatlar "ANJIRCHI NASILLI CHARVO" fermer xo'jaligi hududida sodir qilinganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismida ifodalangan huquq buzarlik yuzasidan to'plangan hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy chora ko'rish uchun jinoyat ishlari bo'yicha Urganch tuman sudiga yuborildi.