01фев
"Atrof-muhit holati toʻgʻrisida”gi Milliy maʼruza ishlab chiqiladi
Toshkentda “Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit holati toʻgʻrisida”gi Milliy maʼruza metodologiyasini ishlab chiqish boʻyicha kirish seminar-treningi boʻlib oʻtdi. Seminar Oʻzbekiston Tabiat resurslari vazirligi tomonidan BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (YEIK), BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi (YUNEP) va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) koʻmagida tashkil etildi.