22сен
22-SENTABR – XALQARO AVTOMOBILSIZ KUN
Urganch davlat universiteti hududida "10 ming qadam piyoda" aksiyasi boʻlib oʻtdi
Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa, keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida barcha idora-tashkilotlarda ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Bugun erta tongdan Urganch davlat universiteti hududi boʻylab oliygohning mingdan ziyod talaba-yoshlari va professor-oʻqituvchilari “22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan “10 ming qadam piyoda" aksiyasida faol ishtirok etdilar.