30авг
Xorazmda qumni noqonuniy ravishda qazib olgan fuqaro 5 million so'mdan ortiq jarimaga tortildi.
Xorazm viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Yangiariq tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan reyd tadbirlari davomida "Bayot" mahallasi hududida fuqaro S.T o'z boshimchalik bilan umumtarqalgan foydali qazilma bo'lgam qumni noqonuniy ravishda qazib olganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro S.Tga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 70-modda 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 3 million 300 ming so'm jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 2 million 070 ming so'm hisoblandi.