26авг

Maxsus texnikalar topshirildi

Urganch shahar va Urganch tumanida chiqindilarni olib ketish qamrovini oshirish va aholiga sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida, “Urganch Аvto Eko Trans” MChJga lizing asosida 16 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar topshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 noyabrdagi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 748-sonli qarori qabul qilingan boʼlib, bugungi kunda Xorazm viloyatiga loyiha doirasida 16 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar olib kelinishi taʼminlandi.

Urganch shahar va Urganch tumanida chiqindilarni olib ketish qamrovini oshirish va aholiga sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida “Urganch Аvto Eko Trans” MChJga lizing asosida berilmoqda. Bu bilan Urganch shahar va Urganch tumanida yashovchi aholiga sanitar tozalash xizmatlarni sifatli olib borishga, aholining turmush darajasini yaxshilashga erishiladi.

Maʼlumot oʼrnida: Viloyatimizda mavjud 531 mahalladagi aholiga “Toza hudud” DUK, “Urganch Аvto Eko Trans” MChJ, “Xorazm gazpayvandchi”MChJ hamda “Eko klaster” MChJ tomonidan sanitar tozalash xizmatlari koʼrsatib kelmoqda.

Jumladan, “Urganch Аvto Eko Trans” MChJ tomonidan Urganch shahridagi 37 ta mahallada yashovchi aholiga va Urganch tumanidagi 60 ta mahallada yashovchi aholiga sanitar tozalash xizmatlarini koʼrsatib kelmokda.